O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi emoji ishlatiladi?
Bu qiziq
−
14 may 2022
15674Emoji so‘zlardan foydalanmasdan his-tuyg‘ularni ifoda etishning oson usulidir. Hozir ularning soni shunchalik ko‘pki, hech qanday harfdan foydalanmasdan suhbatdoshni tushunish mumkin. Ba’zi emojilar esa boshqalarga qaraganda ko‘proq ishlatiladi.
“Crossword-Solver” xizmati dunyoda ulardan qaysi biri eng mashhur ekanini aniqlashga qaror qildi. Buning uchun tadqiqotchilar dunyoning har bir mamlakatidan 9 milliondan ortiq geotegli tvitlarni tahlil qilib, natijalarni infografika ko‘rinishida taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, “quvonch ko‘z yoshlari tasvirlangan yuz” rasmiy ravishda dunyoning aksariyat mamlakatlarida eng ko‘p ishlatiladigan emoji.
Qayd etilishicha, ko‘pchilik mamlakatlar yoki “kuladi” yoki “sevadi”, chunki “quvonch ko‘z yoshlari tasvirlangan yuz” va “qizil yurak” dunyodagi birinchi va ikkinchi eng ko‘p ishlatiladigan emojilar. Shuningdek, “quvonch ko‘z yoshlari tasvirlangan yuz” 75 ta davlatda eng keng tarqalgan emoji hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari qanday emojilardan foydalanadi?
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ham yuqoridagi “quvonch ko‘z yoshlari tasvirlangan yuz” eng ko‘p foydalanilishi aniqlangan. Qozog‘istonda “binafsharang yurak” eng ko‘p ishlatilsa, Tojikiston va Turkmaniston o‘z mamlakati bayrog‘i emojisidan eng ko‘p foydalanishi aniq bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, emojilar universal til emas. Xitoyda “qarsak chalish” emojisi “sevish”ni anglatsa, “bosh barmoqni ko‘tarish” yunonlarda “xafagarchilikni” bildiradi.
LiveBarchasi