O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi hududda yashaydi?

Jamiyat

image

2025 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln 069 ming 116 kishini tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Hududlar kesmida doimiy aholi soni:

  • Samarqand viloyati – 4 360 070 kishi;
  • Farg‘ona viloyati – 4 204 284 kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 697 658 kishi;
  • Andijon viloyati – 3 507 220 kishi;
  • Toshkent shahri – 3 164 030 kishi;
  • Namangan viloyati – 3 177 070 kishi;
  • Toshkent viloyati – 3 148 569 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 2 994 070 kishi;
  • Buxoro viloyati – 2 099 069 kishi;
  • Xorazm viloyati – 2 059 078 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 046 890 kishi;
  • Jizzax viloyati – 1 559 883 kishi;
  • Navoiy viloyati – 1 108 595 kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 942 630 kishi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning so‘nggi 9 oyida O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi Samarqand O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing