O‘zbekistonda emlanganlarga maxsus sertifikat beriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

“Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shprits ta’minoti, xavfsiz qutilar ta’minoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishyapti.

Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro‘yxatdan o‘tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi”, dedi Bahodir Yusupaliyev.

Avvalroq, O‘zbekiston mart oyida Xitoydan 1 mln dozadan ortiq vaksina sotib olishi va shu oy o‘rtalaridan keng ko‘lamli emlashni boshlashi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing