O‘zbekistonda elektromobillarni tez zaryadlash tizimi ishlab chiqilmoqda

Texnologiya

image

O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish doirasida qator innovatsion loyihalar, jumladan, quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoyning “Henan Suda  Electric Vehicle Technology Co., Ltd.” kompaniyasining texnik ko‘magida 20 dona elektromobil ajratilgan bo‘lib, ular asosida ilmiy tadqiqot tahlillari olib boriladi. 

"Hozirda, institut hududida umumiy quvvati 48 kVt soatga teng quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular asosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi institutni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlamoqda.

Institut olimlari tomonidan bir qator tijoratlashtirish ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilgan", deyiladi vazirlik xabarida.

Birinchisi: Quyosh texnologiyalarini qo‘llagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarini yaratish va ishlab chiqish loyihasi.

Bunda O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqilmoqda va barcha hududlarda joriy etiladi.

Buning natijasida, respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Ikkinchisi: Markaziy elektr tarmoqlariga quyosh fotoelektr tizimlarini joriy etishni amalga oshirish yo‘nalishlari va texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, hamda tayyorlash loyihasi.

Loyiha respublika hududlarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda fotoelektr tizimlarni umumiy elektr tarmog‘iga ishonchli ulash bo‘yicha aniq yechimlar, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va ularning xavfsiz ishlash mezonlarini yaratishni nazarda tutadi.

Fotoelektr tizimlar umumiy elektr tarmog‘iga ulangan iqtisodiyotning barcha sohalari ob’ektlarida, aholi yashash joylarida, xususiy va davlat korxonalari ob’ektlarida qo‘llaniladi.

Afzalliklari shundaki, fotoelektr ishlab chiqargan elektr energiyasi elektr tarmoqqa minimal yo‘qotishlar bilan uzatiladi. Hududlar iqlim sharoitini hisobga olgan holda fotoelektr tizimlarni tarmoqqa ulash va tarif mexanizmlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Uchinchisi: Quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi va yo‘nalishi, havo harorati, yog‘ingarchilik miqdorini o‘lchab borish meteostansiyalarini kichik hajmlarda ishlab chiqarish loyihasi.

Loyiha “O‘zgidromet”, Energetika vazirligi, Oliy ta’lim, sanoat korxonalari, va tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklarida qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

elektromobil'

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing