O‘zbekiston OTBdan 170 million dollar qarz olyapti
Jamiyat
−
12 Oktabr 2023
4953O‘zbekiston Yashil iqlim fondining “Elektromobillik dasturi”ni moliyalashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 170 million dollar kredit olishni rejalashtirmoqda.
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, ajratilishi rejalashtirilgan 170 million AQSH dollaridan 65 million dollari grantlar, qolgan 105 million dollari esa kredit mablag‘idir.
Mablag‘lar tijorat elektromobillarini ommalashtirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, elektrobuslar parki va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 93 million AQSH dollari miqdorida bitim imzolandi.
LiveBarchasi