Haydovchini o‘z elektromobili “o‘g‘irlab ketdi”

Bu qiziq

image

Shotlandiyalik haydovchi elektr mashinasini to‘xtata olmadi. Harakatlanayotgan mashinada qulflanib qolganidan so‘ng u yordam so‘rab politsiyaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ayni paytda erkak o‘zining elektromobili tomonidan “o‘g‘irlab ketilgani”ni da’vo qilyapti. 53 yoshli Brayan Morrisonning so‘zlariga ko‘ra, uning yangi hashamatli mashinasi buyruqlarga javob bermagan va “o‘zi istagandek” tezlik olgan. To‘satdan qulflanib qolganini payqagan elektromobil egasi 999 raqamiga murojaat qilgan.

Hodisa u ishdan uyga qaytayotganida sodir bo‘lgan. Brayanning MG ZS EV mashinasi shahar yo‘llari bo‘ylab soatiga taxminan 50 kilometr tezlikda sayr qilgan.

"Men tormoz bosishga qaror qilganimda nimadir noto‘g‘ri ekanligini tushundim, lekin mashinani to‘xtata olmadim. Keyin tormoz prokladkalarining ovoziga o‘xshash tovush eshitdim, lekin bu yangi mashina bo‘lgani uchun bunday muammo paydo bo‘lishi mumkin emas, degan xayolga bordim. Qulflanib qolganimni sezganimdagi ahvolimni tasavvur qila olmaysiz", deya qo‘shimcha qilgan u.

Mashinasi “o‘g‘irlab ketayotgan jabrlanuvchi”ni qutqarish operatsiyasida uchta politsiya mashinasi ishtirok etgan. Ofitserlar dastlab Morrisondan mashina kalitini furgon oynasi orqali tashlashni so‘ragan. Ular dvigatelni shu tarzda o‘chirib qo‘yishga umid qilgan, ammo bu yordam bermagan. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar haydovchidan quvvat tugmasini uch marta bosib dvigatelni favqulodda o‘chirishni so‘ragan. Biroq bu ham ish bermagan.

Nihoyat politsiya elektromobilning yo‘lini to‘sib qo‘yishga qaror qildi. Oqibatda u mikroavtobusning orqasiga kelib urilgan. Shundan keyingina elektromobil to‘xtadi. Morrisonning sug‘urta kompaniyasi ayni paytda hodisa yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Mahalliy huquq-tartibot xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa tufayli hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

politsiya Shotlandiya elektromobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing