UzAutoMotors BYD elektromobillarining O‘zbekistonga kirishini cheklashi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumatiga BYD Uzbekistan Factory kompaniyasi tomonidan elektromobillarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega bo‘lmagani vaji bilan tartibsiz importni cheklash bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Bu haqda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi qarorida ma’lum qilindi.

Shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari hamda “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga joriy yilning 1 iyuliga qadar Vazirlar Mahkamasiga BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillari importini tartibga solish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan.

Bunda mas’ullar amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkiloti prinsiplaridan kelib chiqib takliflarni tayyorlashi kerak.

Shuningdek, qarorda elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirilishi belgilangan.

Qarorga ko‘ra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qo‘shish bo‘yicha investor bilan muzokaralar olib boriladi:

  • Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
  • Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
  • mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;
  • sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;
  • barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elektromobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing