O‘zbekistonda elektromobil importi keskin oshdi
Jamiyat
−
31 mart 2022 11580 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 228 ta elektromobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Joriy yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
• Xitoy – 216 ta;
• Gonkong – 5 ta;
• Germaniya – 3 ta;
• Estoniya – 2 ta;
• BAA – 1 ta;
• Qirg‘iz Respublikasi – 1 ta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 150 taga oshgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025