O‘zbekistonda elektromobil importi 4,5 barobar oshdi
O‘zbekiston
−
18 Iyul 2022 12369 1 daqiqa
2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 125 ta elektromobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekistonga elektromobillar asosan Xitoydan import qilingan – 983 ta. Shuningdek, BAA (73 ta), Germaniya (27 ta), Gonkong (25 ta), Koreya (6 ta), Litva (6 ta) va Estoniyadan (2 ta) import qilingan.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr