O‘zbekistonda elektr avtomobillardan bojlar yana olib tashlandi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
16492O‘zbekistonga elektr avtobuslar, yuk mashinalari va mototsikllar olib kirish uchun nol foizli bojxona boji o‘rnatildi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 9 dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Avval mazkur transport vositalariga nisbatan dvigatel hajmiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda murakkab bojxona boji stavkasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga olib kiriladigan elektr avtomobillari ham qaytadan bojxona bojidan ozod qilindi. Fuqaro faqatgina bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovni va QQSni to‘lash kerak bo‘ladi, xolos.
Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan elektromobillar importi bojxona bojidan, yozdan buyon esa aksiz solig‘idan ozod qilingan edi. Biroq 2019 yilning oktyabr oyida chiqqan Prezident qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektromobillar importi uchun 10 foizli bojxona boji joriy qilingan edi.
LiveBarchasi