Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 18 fevraldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 521 so‘m 48 tiyinni tashkil etib, kechagi kursga nisbatan 5 so‘m 70 tiyinga arzonlashdi.

1 yevro kursi 12 696 so‘m 80 tiyinga baholanib, 97 so‘m 41 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi kechagiga nisbatan 73 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 142 so‘m 80 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Ma’lumot uchun, tijorat banklarida bugun, 17 fevral holatiga 1 AQSH dollari 10 540-10 580 so‘m oralig‘ida sotilyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyutalar kursi

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing