O‘zbekistonda dollar kursi tushdi
Jamiyat
−
25 noyabr 2019
22683O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 noyabr kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSH dollari 9494,68 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 6 so‘m 28 tiyinga arzonlashdi.
Yevro kursi esa 33 so‘m 52 tiyinga arzonlashib, 1 yevro 10465,04 so‘mni tashkil etdi.
Rossiya rublining qiymati 27 tiyinga arzonlashib, 148 so‘m 74 tiyin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
LiveBarchasi