O‘zbekistonda dipfeyk uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda dipfeyk (neyron tarmoqlardan foydalangan holda yaratilgan foto, audio va video materiallarni asliga almashtirish) uchun jazo choralari kuchaytiriladi. Shuningdek, maxsus dasturlar yordamida fotosuratlarni qalbakilashtirish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Senat ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda kibermakonda jinoyatning ushbu turi bilan bog‘liq holatlar tez-tez uchramoqda. Taniqli shaxslar bilan bog‘liq dipfeyklar doimiy ravishda paydo bo‘lmoqda, mobil qurilmalar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarni bloklash holatlari ko‘paygan. Bu zararli dasturlarni yuborish va shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘ladi. Firibgarlar ko‘pincha foydalanuvchilardan akkauntlarni blokdan chiqarish yoki dipfeyk uchun pul talab qiladi.

“Kibermakonda maxsus dasturlar yordamida shaxslarning fotosuratlari, ovozlari va boshqa biometrik ma’lumotlarini qalbakilashtirish holatlari kuzatilmoqda”,  deyiladi O‘zbekiston Senati bayonotida.

Kiberjinoyatchilar faollashib borayotgani va ko‘pincha jinoiy qilmishlari uchun jazosiz qolayotganligi sababli, yangi qonun Jinoyat kodeksiga bunday huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritadi.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks kriptoaktivlarning noqonuniy muomalasi uchun jazoni kuchaytiradi.

Yangi qonun yuqori palata tomonidan ma’qullangach, u Prezident tomonidan imzolanishi kerak. Shundan keyingina yangi tartib kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni O‘zbekistondagi turli axborot resurslari, shu jumladan, respublika hududida joylashgan tizimlarga tegishli bo‘lgan foydalanuvchilar ma’lumotlari sizdirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

dipfeyk neyrotarmoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar