SI qonuni: Qozog‘istonda dipfeyklar uchun javobgarlik joriy etildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev sun’iy intellekt (SI) sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qabul qilingan normalar, xususan, dipfeyklarni yaratganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Bu haqda “Orda” nashri xabar berdi.

Ma’lumki, dipfeyk bu sun’iy intellekt va texnologiyalar yordamida real odamlarning yuzini, ovozini yoki harakatlarini boshqa videoga, rasmga yoki audio faylga sun’iy tarzda joylashtirishdir.

Qonun, shuningdek, sun’iy intellekt mahsulotlarining egalari va foydalanuvchilari sun’iy intellekt tizimlarini ishlatishdagi rolini hisobga olgan holda javobgar bo‘lishi va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontent tegishli ravishda belgilanishi (yorliqqa ega bo‘lishi) kerakligini nazarda tutadi.

Mulkdorlar xavflarni boshqarish va xavfsizlik uchun ham javobgardir. Qozog‘iston hududida “manipulyativ usullardan foydalanishi, mamlakat qonunlarini buzgan holda, shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashi va qayta ishlashi” mumkin bo‘lgan tizimlarni yaratish va ulardan foydalanish taqiqlandi.

“Forbes” nashrining yozishicha, To‘qayev tomonidan imzolangan qonun mamlakat hududida ta’minlanmagan raqamli aktivlar aylanishini ham tartibga soladi. Ilgari ta’minlanmagan raqamli aktivlar aylanishiga faqat “Ostona” xalqaro moliya markazi hududida ruxsat berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmi 10 mlrd dollarga baholangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston dipfeyk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing