O‘zbekistonda dinozavrlarning fanga ma’lum bo‘lmagan noyob turi aniqlandi
Jamiyat
−
26 fevral 2021
21206O‘zbekistonda topilgan tosh qoldiqlarida avvallari fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turi aniqlandi. U ikki 2 qavatli avtobusdan ham katta bo‘lgan.
“Daily Mail” nashrining yozishicha, Dzharatitanis kingi nomini olgan ushbu dinozavrning uzunligi salkam 20 metrni tashkil etgan va u diplodok — sayyorada yashagan eng katta jonzotning qarindoshi hisoblanadi.
Ushbu dinozavrlar bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida yashagan. Xivichsimon dumi va uzun bo‘yni sabab baland daraxtlardan bemalol o‘ziga ozuqa topa olgan.
Dinozavrga tegishli bo‘lgan dum suyagi Qizilqum cho‘lidagi “dinozavrlar qabristoni” deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdan umurtqali hayvonlarning “asosan parchalangan, ammo asosay ajoyib holatda saqlanib qolgan skelet qoldiqlari” topilgan.
Dzharatitanis kingi kichikroq bosh va qalamsimon o‘tkir tishlarga ega bo‘lgan. Bu unga daraxtlarning shoxlarini kesib olish imkonini bergan. Uning massiv karkasi to‘rtta ustunsimon tayanchda joylashgan. U bundan145,5 million yil oldin boshlanib, 65,5 million yil oldin tugagan Bo‘r davrida yashagan.
Topilma nafaqat yangi tur, balki rebbaxizavridlar oilasidagi yangi turkum mavjudligini bildiradi. Rebbaxizavridlar — Yer yuzida hozirga qadar yashagan eng yirik jonzotlar hisoblanadi. Rebbaxizavridlarning barcha qoldiqlari Janubiy Amerikaning janubiy qismidan shimoli-sharqiy qismiga qadar va Afrikaning shimoli-g‘arbidan Yevropagacha bo‘lgan ingichka qismidan topilgan, biroq Osiyoda unga hech qachon duch kelinmagan.
“Bu Osiyoda topilgan ilk rebbaxizavrid va eng yoshlaridan biri”, degan tadqiqotning yetakchi muallifi Rossiya Fanlar akademiyasi vakili doktor Aleksandr Averyanov.
Taxminlarga ko‘ra, rebbaxizavridlar Osiyoga Yevropadan kelib qolgan. Ammo bu qachon sodir bo‘lgani noma’lum. Negaki Bo‘r davrining asosiy qismida Osiyo va Yevropa Turgay bo‘g‘ozi bilan ajralib turgan. Ammo ikki yirik qit’a o‘rtasida quruqlikdan bog‘lanish bo‘lgan.
LiveBarchasi