O‘z turingizni saqlab qoling! – “Dinozavr” BMT minbaridan insoniyatni sergaklikka chaqirdi
Olam
−
28 Oktabr 2021
7923Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi kecha, 27 oktyabr kuni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida videorolik e’lon qildi. Videoda Frenki ismli dinozavr BMT Bosh Assambleyasi minbariga chiqib, delegatsiyalarga murojaat qilib, “bahonalarni to‘xtating va haqiqatan ham muammolarga qarshi kurashni boshlang”, deydi.
Dinozavr uglevodorodlar uchun davlat subsidiyalari iqlim o‘zgarishi kontekstida mantiqsiz ekanini da’vo qilgan. Frenkining so‘zlariga ko‘ra, asteroid uning turlari vakillarining yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lgan.
“Odamlarning qanday bahonalari bor? Ochig‘ini aytsam, sizda hozir ajoyib imkoniyat bor. Siz pandemiyadan keyin iqtisodiyotingizni tiklayapsiz, bu insoniyat uchun ajoyib imkoniyat. Menga shunday fikr keldi: yo‘q bo‘lib ketishni tanlamang, juda kech bo‘lmasdan o‘z turingizni saqlab qoling! Odamlar bahona o‘ylashni to‘xtatib, o‘zgarishlarni amalga oshirishni boshlashining vaqti keldi”, degan dinozavr.
Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixidagi birinchi kompyuter grafikasidan foydalanilgan film bo‘lib, unga ingliz, ispan va fransuz tillarida ovoz berishda taniqli aktyorlar ishtirok etgan.
“Tasavvur qiling-a, yirik meteoritlarga subsidiyalar uchun yuzlab milliardlab mablag‘ sarflayapsiz. Siz bugun shunday qilyapsiz. Shunchaki, o‘ylab ko‘ring, bunday pul bilan yana nima qila olardingiz? Butun dunyoda odamlar qashshoqlikda yashaydilar, siz o‘z turingizni yo‘q qilishni moliyalashdan ko‘ra bunday odamlarga yordam berishda ko‘proq ma’no borligini o‘ylaysizmi?”, degan Frenki.
Ma’lumot o‘rnida, qisqa metrajli film joriy yilning 31 oktyabridan 12 noyabrigacha Glazgoda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tadigan iqlim konferensiyasi arafasida e’lon qilindi.
LiveBarchasi