O‘zbekiston hududida Afrika filidan katta dinozavr yashagani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
09 Sentabr 2021
15559Yaponiyaning Sukuba universiteti tadqiqotchilari O‘zbekistonda topilgan dinozavrlarning oldin noma’lum bo‘lgan turini aniqladi. Bu yirtqichlar hatto mashhur tirannozavrlardan ham kattaroq bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek sharafiga Ulughbegsaurus uzbekistanensis deb nomlangan dinozavr O‘zbekistondagi Qizilqum cho‘lidan topilgan va taxminan 90 million yil oldin yashagan.
“Biz bu yangi jins va turni bitta qoldiq — chap yuqori jag‘ asosida tasvirlab berdik. Teropod dinozavrlari orasida yuqori jag‘ning kattaligi hayvonlar hajmini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin, chunki u bo‘ksa uzunligi bilan bog‘liq”, deb tushuntirgan dotsent Koxey Tanaka.
Olimlarga ko‘ra, Ulughbegsaurus uzbekistanensis’ning og‘irligi 1000 kg dan oshgan, uzunligi taxminan 7,5-8 metrni tashkil etgan, bu Afrika filidan ham uzun demakdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonda topilgan tosh qoldiqlarida avvallari fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turi aniqlangani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi