O‘zbekistonda pul almashadimi? MB raisi javob berdi
Jamiyat
−
20 avgust 2019
36369Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda milliy so‘m denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, 2019 yil so‘ngiga qadar mamlakatda yangi pul birligi 10 000:1 nisbatda muomalaga kiritiladi.
Tarqalayotgan mish-mishlarda eski va yangi so‘m 2020 yil davomida parallel xarakat qilishi, plastik kartadagi pullar 2020 yil 1 yanvardan avtomatik ravishda to‘rtta nolini yo‘qotishi aytilgandi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov denominatsiya to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi.
“Denominatsiya oddiygina nollarni o‘chirish emas, katta iqtisodiy xarajat. Biz denominatsiya qilmoqchi emasmiz. Markaziy bank raisi sifatida aytmoqchiman, denominatsiya hech kimning xayolida yo‘q.
Denominatsiya iqtisodiy barqarorlik va kuchli inflyatsiya sharoitida o‘tkaziladi. Bizda ahvol unday emas”, dedi Mamarizo Nurmuratov.
Avvalroq, O‘zbekistonda tijorat banklari naqd valyuta sota boshlagani va Markaziy bank bundan buyon xorijiy valyutalar kursini belgilamasligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi