O‘zbekistonda “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xotin-qizlar o‘z uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilda 166 ming xotin-qiz zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, yana 100 ming nafari esa axborot texnologiyalari sohasiga o‘qitiladi. Shuningdek, xotin-qizlar o‘z uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi.

Bu orqali lider tadbirkorlar ko‘magida kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik yo‘nalishlarida 50 ming ayolning bandligi ta’minlanadi. Bundan tashqari, “Hamroh” dasturi doirasida xotin-qizlarning 3 mingta loyihasiga jami 1 trillion so‘m ajratiladi.

Umuman, joriy yilda 1,5 million ayolni daromadli qilish, shundan 400 ming nafarini biznesga jalb etish bo‘yicha katta marra olingan. Ushbu maqsadlar uchun 25 trillion so‘mdan ziyod resurs yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu bayram tadbirida butun O‘zbekiston ayollarini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Daromadli ayol dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing