O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari uchun ajratilgan koykalarning 6,5 minggi bandligi aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud qarorlari ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston bo‘yicha 89 ta muassasada 17 ming 500 o‘rin COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgan.

Hozirda ushbu o‘rinlarda 6 ming 570 nafar bemor davolanmoqda. Koykalar bandligi Qoraqalpog‘istonda 16 foiz, Xorazmda 10 foiz, Qashqadaryoda 11 foiz, Namanganda 19 foizni, respublika bo‘yicha esa 38 foizni tashkil etyapti. Shu bois ulkan mablag‘lar bekorga sarf bo‘layotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan, mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar faoliyatini chuqur o‘rganib, ularni optimizatsiya qilish topshirig‘i berildi.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, 17 noyabr coat 19:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 581 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 67 859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda. Hozirda 2 123 nafar bemor shifoxonada davolanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing