O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qaysi ismlar qo‘yilyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023 yil davomida qizlarga Soliha, o‘g‘il bolalarga esa Muhammadali ismlari eng ko‘p qo‘yilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda mamlakatda 968 ming 140 nafar bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan 501 ming 577 nafari o‘g‘il, 466 ming 563 nafari qiz bolalardir. Bolalarga jinsiga qarab berilgan ismlar orasida yetakchilar Muhammad va Solihadir. Ular mos ravishda 27431 va 24365 nafar bolaga berildi.

Qizlar o‘rtasida keyingi o‘rinlarda Muslima va Yasmina ismlari qayd etildi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Mustafo ikkinchi, Abdulla uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan 10 ism ro‘yxati quyidagicha:

Ma’lumot uchun, Muhammadali ismi 2019 yildan buyon o‘g‘il bolalar orasida eng ko‘p qo‘yilgan ism sifatida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda, Soliha ismi esa 2018 yildan beri yuqori o‘rinda qayd etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq ismlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made