O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilindi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 6 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan. 

Qayd etilishcha, farmon bilan 2019 yil 4 dekabrdagi farmonda keltirilgan, “2021 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish haqida”gi qismi bekor qilingan.

Avvalroq, O‘zbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini reklama qilayotgan 10 dan ortiq saytga kirish cheklangan edi.

Bundan tashqari, 2021 yil sentyabr oyida Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing