O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi
Sport
−
14 noyabr 2019
3660Endilikda futbol sohasi bozor mexanizmlari asosida boshqariladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasida so‘z boradi.
Loyihada belgilanishicha,
• xalqaro talablardan kelib chiqib, salohiyati yuqori futbolchilar professional darajada tayyorlanadi, ularni xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishi ta’minlanadi, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida futbol bo‘yicha vositachilar (agentlar)ningfaoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklanadi;
• 2021 yil 1 yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasi, ayniqsa futbol yanada rivojlantiriladi, uning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyati amalga oshirishga ruxsat beriladi;
• O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasining tuzilmasiga qo‘shimcha ikkitaseleksioner shtat birligini kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Shahnoza To‘ramurotova