O‘zbekistonda “buxanka” narxi oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 oktyabrdan O‘zbekistonda qolipli “buxanka” non narxi ko‘tarildi. “Buxanka” non bugundan 1400 so‘mdan, ayrim joylarda esa 1500 so‘mdan sotilyapti.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda non narxi 40-45 foizga oshishi haqida taxminlar urchigandi. Hozirda non narxining ko‘tarilgan qiymatini foiz hisobida olsak, nonni 1400 so‘mdan sotayotganlar o‘rtacha 27 foizga, 1500 so‘mdan sotayotganlar esa 36 foizga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 15 oktyabrdan:

2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan bug‘doy g‘alla iste’molchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi;

davlat xaridlari doirasida sotib olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un barcha iste’molchilarga 100 foiz to‘lovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;

2019 yil hosilidan tayyorlangan bug‘doyning 1 tonnasi un ishlab chiqarishga 1300 ming so‘mdan ulgurji narxda sotiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi oshirilib, 50 000 so‘m miqdorida belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror non un buxanka

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing