O‘zbekistonda bugunning o‘zida 121 nafar bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Andijon viloyatida 58 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

"Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 57 nafar, Andijon viloyatida esa 1 nafar, jami 58 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi", deyiladi xabarda.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1790 nafarga yetdi. Andijon viloyatida sog‘ayganlar esa 178 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 3 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun 121 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3758 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing