O‘zbekistonda bu yil eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda yil boshidan beri eng ko‘p Cobalt avtomashinasi ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 31 788 dona Cobalt, 13 943 dona Nexia-3, 21 962 dona Gentra, 28 772 dona Damas, 6 085 dona Spark hamda 6 230 dona Labo avtomobillari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda joriy yil yanvar-iyun oylarida jami 1 855 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga ko‘p.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 495 dona avtobus ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 foiz ko‘paygan.

Yanvar-iyun oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' ishlab chiqarish

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing