O‘zbekistonda bu yil 1,2 mln aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yil 1,2 million aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlardagi 1,2 mln nafardan ziyod aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Joriy yil yakuni bo‘yicha Respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 70,8 foizdan 73,0 foizga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ichimlik suvi

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing