O‘zbekistonda bu hafta havo soviydi. Qor yog‘adi
Bu qiziq
−
06 aprel 2020 23896 1 daqiqa
Joriy yilning 7-9 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
7-9 aprelda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kechasi va 9 aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
7-8 aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.
Havo harorati 7 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9 aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025