O‘zbekistonda bozorlar haftada bir marta dezinfeksiya uchun yopiladi
Jamiyat
−
22 iyun 2020
6397O‘zbekistondagi barcha bozorlar sanitariya-epidemiologik tadbirlarini, shu jumladan, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun har haftada bir marotaba yopilishi belgilandi. Bu haqda O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilandi.
Bundan tashqari, supermarket va boshqa yirik do‘konlarda sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytirilmoqda, ushbu ob’ektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda ushbu majmualarga kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish talablari belgilanmoqda.
So‘nggi haftalarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yengil shakllari yoki kasallik alomatlarsiz o‘tish holatlari ko‘payganligini inobatga olib, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bu boradagi tavsiyalarini e’tiborga olgan holda fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda ularni bepul qo‘lqop bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Avvalroq, jamoat transportlarida niqobsiz yurish va tirbandliklar ustidan nazorat kuchaytirilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi