O‘zbekistonda BMT doirasidagi yirik xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Ayni kunlarda Italiya poytaxti Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Tashkilotning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkazilishiga doir tashabbus FAO hamda 51 ta Yevropa va Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Mazkur hududiy konferensiya 2020 yilning 5-7 may kunlari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlarida orasida ilk marotaba o‘tkaziladi. FAOning strategik maqsadlari ochlikka qarshi kurash, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilikning hosildorlik va barqarorligini oshirish, qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shishdir.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Koreya, Ukraina, Qozog‘iston, AQSH, Chili singari mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari va boshqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq xo'jaligi vazirligi BMT FAO

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing