O‘zbekistonda bir yo‘la 80 nafarga yaqin bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 79 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi", deyiladi xabarda.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 37 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar. Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1854 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pastdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, kichigi esa 5 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 351 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3837 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing