O‘zbekistonda bir oyda 379 kishi qamaldi
Olam
−
25 dekabr 2025 3337 1 daqiqa
O‘zbekistonda 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar uyushtirilgan tezkor tadbirlar davomida 379 kishiga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, barcha hududlarda huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligida 20 noyabrdan 20 dekabrgacha o‘tkazilgan tezkor-profilaktik oyligi davomida 16 571 ta tezkor-qidiruv tadbiri amalga oshirilgan. Tadbirlar davomida 2256 ta jinoyat fosh etilgan, 1534 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 379 nafar shaxsga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish borasida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlarida jami 2 375 ta holat aniqlanib, narkojinoyatchilar va uyushgan jinoiy guruhlardan 500 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar, 166 521 dona psixotrop dorilar olib qo‘yilgan. Noqonuniy ravishda yetishtirib kelinayotgan 521 tup giyohvandlik o‘simliklari aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondan O‘zbekistonga olib kelingan 100 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar to‘xtatib qolingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025