O‘zbekistonda benzin narxi oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyul kuni O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalrida AI-80 markali benzinning narxi 8200 so‘mgacha yetdi. AI-91 markali benzinining narxi esa 11 ming so‘mgacha, AI-95 markali benzinining narxi 11 500 dan 12 200 so‘mgacha ko‘tarildi.

“O‘zbekneftgaz” AJning ma’lum qilishicha, narxlarning oshishiga talabning ortgani sabab bo‘lgan. Ya’ni import qiluvchi korxonalar tomonidan yuqori oktanli avtobenzinning chetdan keltirishini kamayishi natijasida, Ai-80 rusumli avtobenzinga bo‘lgan talab ortmoqda.

Xususan, iyul oyining dastlabki 7 kunida yetkazib berilgan AI-80 markali benzin miqdorini o‘tgan hisobot davriga taqqoslaganda, ehtiyoj respublika bo‘yicha 1 193 tonnaga yoki 120 foizga ehtiyoj oshgan. Ehtiyojning oshishi Andijonda 222 foiz, Toshkent viloyatida 163 foiz, Jizzaxda 155 foiz, Qashqadaryoda 141 foizni tashkil etgan.

“Misol uchun, “UNG Petro” MCHJ tomonidan iyun oyida o‘rtacha bir kunda 529 tonna sotilgan bo‘lsa, iyul oyiga kelib o‘rtacha bir kunda 611 tonna yoki 82 tonnaga talab oshdi. Ai-80 rusumli avtobenzinga talab ortishi natijasida joriy yilning iyul oyida Ai-80 rusumli avtobenzinning birja savdolarida 1 tonna uchun shakllangan narxi 9 366 ming so‘mni tashkil etgan.

Joriy oyda ushbu ko‘rsatkich 10 454 ming so‘mni tashkil etib, iyun oyida o‘rtacha shakllangan narxlarga nisbatan 974 ming so‘mga oshgan. Bu esa o‘z navbatida, xususiy AYOQSHlar tomonidan sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishiga olib keldi. Hozirgi kunda birja savdolariga qo‘yilayotgan miqdorlar oshirilishi natijasida 1 tonna Ai-80 rusumli avtobenzinning o‘rtacha narxi 9 484 minggacha pasaytirildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, iste’molchilar talabining 65 foizi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqilgan benzin hisobidan, qolgani boshqa ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan qoplanadi.

Xabarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJning Toshkent shahri va viloyatiga qarashli AYOQSHlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzin narxi 6 800 so‘mni tashkil etgan bir paytda, hususiy AYOQSHlarda 7 000 so‘mdan 7 700 so‘mgacha yoki 200 so‘mdan 900 so‘mgacha qimmat narxlarda sotilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan birja savdolariga Ai-80 rusumli avtobenzin joriy yilning 7 iyul kuni 4 ming tonna, 8 iyul kuni 3 ming tonna qo‘yildi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini benzin ishlab chiqarish uskunalari 110 foiz quvvatda ishlamoqda”, deya qo‘shimcha qildm kompaniya.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

667

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing