O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 11 ming tonnaga ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 769,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 101,4 foizni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 11,0 ming tonnaga ko‘paygan.

Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

Buxoro viloyati – 80,6 foiz
Farg‘ona viloyati – 18,5 foiz
Qashqadaryo viloyati – 1,0 foiz

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimiz 2020 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga 55,9 mln. litr yoki 15,6 mln. AQSH dollarlik avtomobil benzinini eksport qilgan.

O‘z navbatida yurtimizga xorijiy davlatlardan 152,9 mln. litr yoki 33,1 mln. AQSH dollarlik avtomobil benzini import qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing