O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi
Jamiyat
−
20 aprel 2023
5649O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi. Shuningdek, Statistika agentligi ko‘mir, neft va gaz kondensati necha tonnadan ishlab chiqarilgani haqida ma’lumot e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 385,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 foizga oshgan.
2023 yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
- Avtomobil benzini – 385,5 ming tonna;
- ko‘mir – 989,1 ming tonna;
- neft – 195,5 ming tonna;
- gaz kondensati – 319,5 ming tonna;
- avtobus – 200 dona;
- yuk avtomobillari – 557 dona;
- avtomobil dvigatellari – 44,2 ming dona,
- yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 50 018 dona ishlab chiqarilgan.
LiveBarchasi