O‘zbekistonda benzin, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish kamaygan
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
3391O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan 8 oyi davomida mamlakatda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 11,1 foizga kamaygan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning shu davrida 764,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 679,5 ming tonnani tashkil etgan.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 4 foiz. 2018 yilda 730,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 701,2 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yilning 8 oyida neft qazib olish 2018 yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga qisqartirdi - 467,2 ming tonnagacha neft xomashyosi qazib olingan.
2019 yilning 8 oyida tabiiy gaz qazib olish qariyb 40,33 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga ko‘pdir.
2019 yilning 8 oyida mamalakatda 1,38 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga kamdir.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15