O‘zbekistonliklar xorijiy valyuta sotib olishni ko‘paytirdi
Jamiyat
−
10 may 2021
28932021 yil yanvar-aprel oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 149,3 trln. so‘mni tashkil etgani holda, 2020 yilning mos davriga nisbatan 41,6 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Banklar kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 73,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 38,5 foizga oshishi kuzatildi. Mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 10,9 trln. so‘mga (1,7 barobar) hamda naqd chet el valyutasini sotib olish uchun yo‘naltiriladigan naqd pullar hajmi 6,5 trln. so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.
2021 yil yanvar-aprel oylarida bank kartalariga 78,4 trln.so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 25,9 trln. so‘mlik (33,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
LiveBarchasi