O‘zbekistonda ayrim boj stavkalari kamaytirilmoqda

Jamiyat

image
Blok-postlar qaytyaptimi? Tumanlararo postlarning vazifasi nima? north_east

Blok-postlar qaytyaptimi? Tumanlararo postlarning vazifasi nima?

O‘zbekistonda davlat boji stavkalari miqdorlarini unifikatsiya, optimizatsiya qilish va kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan  “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagilar belgilanmoqda:

birinchidan, notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat bojini undirishda yoki davlat bojini to‘lashdan ozod qilishda ayrim tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda.

Ushbu loyiha bilan davlat bojidan ozod qilish, davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlariga aniqlashtiruvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda;

ikkinchidan, notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan ayrim to‘lovlar miqdorining differensial tarzda hisoblab chiqarish tartibi ularni undirishda tafovutlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, notariuslar tomonidan davlat boji undirishda va bu borada imtiyoz qo‘llashda fuqarolar uchun shaffoflik ta’minlanmayapti.

Mazkur loyiha bilan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan bir qator davlat boji miqdorlarining stavkalari optimallashtirilmoqda.

Masalan, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish avtotransport uchun 810 ming so‘m (3 BHM) miqdorida belgilanmoqda. Amaliyotda bu yili va ot kuchiga qarab 2,7 mln so‘mgacha borar edi.

Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni rasmiylashtirish Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 405 ming so‘m (1,5 BHM) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, qonun bilan ayrim harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilish asoslari belgilab beriladi.

Muhokama 16 dekabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

boj

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing