O‘zbekistonda ayol sudyalar soni 160 nafarga yetdi
Jamiyat
−
22 fevral 2021
4276Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sudyalik lavozimining birinchi va navbatdagi muddatga, shuningdek vakolat muddatiga qayta tayinlash masalalari ochiq tanlov shaklida ko‘rib chiqildi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘tgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddati uchun hujjat topshirgan 12 nafar nomzodning 5 nafari sudyalik lavozimiga loyiq ko‘rildi. Ularning 2 nafari sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan bo‘lsa, 5 nafari zaxiraga qoldirildi.
Shuningdek, kengash 8 nafar nomzodning sudyalik lavozimida bo‘lish muddatiga qayta tayinlash masalasini ko‘rib chiqib, 4 nafarini munosib deb topdi, qolganlari zaxiraga qoldirildi. Bundan tashqari besh yillik faoliyati yakuniga yetgan yana 8 nafar sudyaning barchasi navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlandi.
Nomzodlarning to‘rt nafari ayollar bo‘lib, birortasi ochiq tanlovda “qoqilgani” yo‘q. Shu tariqa O‘zbekistonda ayol sudyalar soni 160 nafarga yetdi.
Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga ko‘ra:
Zavqiddin Zayniddinovich Yarashev birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Sarvar Murtazayevich Mustafayev birinchi besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Dilfuza Urazaliyevna Opayeva birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Sharof Zoirovich Eshimov birinchi besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi lavozimiga;
Azizbek Nurmagamedovich Jalilov birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Asqarali Axmadjonovich Ummataliyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Muxtarama Maxamadaliyevna Turgunova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Muyassar Qaxxarovna Sultanova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Otabek Rayimovich Berdiyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan - besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudining raisi lavozimiga;
Feruza Inomjonovna Jalolova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Shomurod Xamdamovich Begmatov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Shavkatbek Xalimovich Ramazonov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Qaxramon Omonovich Xolmurodov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan - besh yil muddatga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari:
Giyosiddin To‘lqinovich Yalgashev - sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Jamol Zaxirovich Matniyazov - sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Muydinjon Muxtorovich Salimov - sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Tojiddin Nasimjonovich Madraximov - sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan ularning barchasi avval egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
LiveBarchasi