Erkaklar qo‘ymagan qadam. O‘zbekistonda ayol hokim kengash raisligidan voz kechdi
Jamiyat
−
08 fevral 2022
11783Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova Xalq deputatlari tuman kengashiga raislik qilishdan voz kechdi. U bu vakolatdan voz kechgan birinchi hokim bo‘ldi.
“Yana bir yangilikni aytmoqchiman. Bundan buyon kengash rahbari hokim bo‘lmaydi. Tajriba tariqasida Boyovut tumanida mahalliy kengash raisi deputatlar orasida saylanadi.
Bir umrlik orzuyim shu, endi birinchi sektor rahbari sifatida kengash majlisida sektorlar qatorida pastda o‘tirib, neytral hisobot topshiraman, ya’ni o‘zim kengash raisi vazifasini amalga oshirmayman”, degan u.
O‘zbekistonda Xalq deputatlari kengashlari rahbarlarini saylash amaliyotini joriy qilish haqida ko‘pdan beri aytib kelinmoqda. Ammo hozircha bu amaliyotga joriy qilinmadi.
Ma’lumot uchun, Dilfuza O‘rolova o‘tgan yil fevral oyida Boyovut tumaniga hokim etib tayinlangandi.
LiveBarchasi