O‘zbekistonda avtosport qoidalari kuchga kirdi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi hamda Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) rasmiy a’zosi bo‘lgan Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi tomonidan O‘zbekistonda avtosport qoidalari tasdiqlandi.

Joriy yilning 9 sentyabrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi vitse-prezidenti Aleks Soy “O‘zbekiston Respublikasida avtosport qoidalari hamda 2021 yilgi respublika va mintaqalararo musobaqalar to‘g‘risida”gi Nizomni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, FIA’ga (Xalqaro avtomobil federatsiyasi) 1904 yilda asos solingan bo‘lib, u butun dunyoda xalqaro avtomobil sportini boshqaruvchi nufuzli organ hisoblanadi. Shuningdek, tashkilot jahondagi yetakchi avtomobil tashkilotlarini o‘z atrofiga birlashtirib, nafaqat ushbu sportni rivojlantirishga, balki butun dunyoda yo‘l harakati ishtirokchilarini xavfsiz, barqaror va qulay sharoit bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalqaro avtomobil federatsiyasiga 143 mamlakatning 245 dan ortiq avtosport klublari, xususan O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi ham a’zo bo‘lgan. Tashkilotning butun dunyo bo‘yicha 80 milliondan ortiq a’zolari mavjud.

Xalqaro sport kodeksiga (ISS) muvofiq ishlab chiqilgan Nizom avtosport bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, shuningdek, sportchilar uchun Formula-1 va xalqaro karting musobaqalarida qatnashish imkoniyatini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm va sport vazirligi FiA ISS Avtosport

Baholaganlar

80

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing