O‘zbekistonda avtomobillarni bojxona rasmiylashtiruvchidan o‘tkazish tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Loyiha Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Mazkur loyiha:

•    Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 700-sonli qarori talabidan kelib chiqib, 16-bandga o‘zgartirish kiritish;
•    avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni milliy valyuta - so‘mda undirish;
•    tashuvchilarga qulaylik yaratish va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi uchun ahamiyatsiz bo‘lgan qaror ilovalaridagi “kelish maqsadi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish hududi”, “avtotransport vositasining rangi”, “avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va raqami”ni chiqarib tashlash;
•    avtotransport vositasining “shassi, kuzov va dvigatel raqami” o‘rniga “unikal (VIN) raqami”ni, “dvigatel hajmi” o‘rniga “dvigatel ot kuchi”ni kiritish imkonini yaratish;
•    tirkama/yarim tirkamalarni identifikatsiya qilish maqsadida, tirkama/yarim tirkamalarning “unikal (VIN) raqami” va “ishlab chiqarilgan yili”ni kiritish imkoni yaratilishini nazarda tutadi.

Loyiha muhokamasi 4 aprelgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

462

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing