O‘zbekistonda anor rekord darajada qimmatladi

Jamiyat

image

Toshkent supermarketlarida bir kilogramm anor 40-45 ming so‘mdan, bozorlarda esa 25 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha sotilmoqda. Ushbu mevaning narxi esa bir yil avvalgiga qaraganda uch barobar qimmatroq. Bu haqda "EastFruit" xabar berdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, kuz faslida mamlakatimiz iste’molchilari orasida eng arzon va hamyonbop mahsulotlardan biri bo‘lgan anor narxi joriy mavsumda rekordlarni yangilagan. Ba’zi poytaxt do‘konlarining rastalarida hatto Xitoydan import qilingan anorlar ham paydo bo‘lgan. Uning chakana narxi esa yuqori sifatli mahalliy yirik mevalar bilan taxminan bir xil – 44 800 so‘m.  

Shu bilan birga, ushbu mevaning chakana narxlari kuzda faol ravishda import qilinadigan mevalar – banan, mandarin, apelsin, kiviga qaraganda bir yarim-ikki baravar yuqori.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq joriy yilning 6 oktyabridan 13 oktyabrigacha O‘zbekistonda yumaloq qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 4000dan 6000 so‘mgacha oshgani haqida yozgandik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston anor narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing