O‘zbekistonda Angliya huquqiga asoslangan xalqaro sud tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus huquqiy tartib joriy etilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, markaz huzurida mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mazkur sudda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Bu esa investorlar uchun nizolarni hal etishning shaffof va ishonchli tizimini yaratishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, mamlakatda investitsion mediatsiya institutini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston BMTning Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida.

Prezidentning qayd etishicha, ushbu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida xalqaro standartlarga mos va kafolatlangan huquqiy himoyaga ega bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar va biznes vakillarini yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda shakllanayotgan zamonaviy moliyaviy ekotizimdan samarali foydalanishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida investorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish va sarmoyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing