O‘zbekistonda an’anaviy shaklda ishlayotgan maktablar 5 kunda 2 129 taga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda an’anaviy shaklda faoliyatini davom ettirayotgan maktablar soni 4 379 tani tashkil etmoqda. Bu umumiy maktablar sonining 43,9 foizi degan. 

Joriy yilning 16 sentyabr holatiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 25 fizni tashkil etib, respublika bo‘ylab jami 2 550 ta maktab an’anaviy shaklda faoliyat boshlagan edi. 

Xalq ta’limi vazirligining xabar berishicha, mazkur maktablarda 2,1 mln nafar (34%) o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan 1,5 mln nafari (72%) an’anaviy, qolgan 595 ming nafari (28%) onlayn shaklda ta’limni olishni tanlagan. 

Maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta’lim olishi esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi yana bir bor maktablarning an’anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yohud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilishi hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinishini eslatmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

maktab Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing