O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining narxi oshishi kutilyapti
Jamiyat
−
22 may 2023
7852O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyunidan alkogol mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanmoqda.
Alkogol mahsulotlari 1 litri uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari quyidagicha belgilanmoqda:
vino – 14 400 so‘m va 16 400 so‘m (avval 12 000 so‘m va 14 200 so‘m);
konyak – 57 400 so‘m va 66 000 so‘m (ilgari 48 200 so‘m va 57 800 so‘m);
aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – 37 000 so‘m va 43 000 so‘m (ilgari 30 200 so‘m va 36 200 so‘m).