O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining narxi oshishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyunidan alkogol mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanmoqda.

Alkogol mahsulotlari 1 litri uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari quyidagicha belgilanmoqda:

vino – 14 400 so‘m va 16 400 so‘m (avval 12 000 so‘m va 14 200 so‘m);

konyak – 57 400 so‘m va 66 000 so‘m (ilgari 48 200 so‘m va 57 800 so‘m);

aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – 37 000 so‘m va 43 000 so‘m (ilgari 30 200 so‘m va 36 200 so‘m).


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' narx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing