O‘zbekistonda 1 iyundan metan gazi narxi oshadi

Jamiyat

image

2024 yil 1 iyundan 1 avgustgacha bir kub metr metan gazining eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi. Bu haqda joriy yilning 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarorida so‘z bordi.

Unga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023 yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qaroriga asosan kiritilgan, uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1 iyundan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi.

Ma’lumot uchun, avvalgi narx 2024 yil 1 aprelgacha 3250 so‘m, 2024 yil 1 iyungacha esa 3350 so‘m etib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz narx metan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing