O‘zbekistonda AI-80 sotuvi cheklanishi mumkin
Jamiyat
−
09:58
4653O‘zbekistonda 2025 yilda AI-80 markali benzin sotilishi cheklanishi mumkin. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash taklif etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda, bundan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda avariyaviy yoqilg‘i sifatida foydalanish holatlari mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripovga AI-80 markali benzindan voz kechish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Unga ko‘ra, 2025 yildan hozirda O‘zbekistonda eng arzon va sifatsiz benzin bo‘lib turgan AI-80 markali yonilg‘idan foydalanmaslik masalasi uzil-kesil hal qilinadi.
Bundan tashqari, poytaxtda og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar va “Yevro-4”dan past yonilg‘idan foydalanishning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi