O‘zbekistonda AI-80 markali benzinini aksiz solig‘idan ozod etish muddati tugadi

Jamiyat

image

2023 yilning 31 dekabr kuni import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan sotiladigan AI-80 markali benziniga nisbatan aksiz solig‘ini "nol" stavkada qo‘llash muddati tugadi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" axborot xizmati xabar berdi.

Prezident qarori bilan 2022 yilning 13 dekabridan mamlakatda AI-80 markali benzinni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish uchun aksiz solig‘i nolga tenglashtirilgandi. Mazkur tartib mamlakatda metan “zapravka"larda benzin yetishmovchiligi va unga talabning oshishi sababli joriy etilib, 2023 yil 1 martgacha qilib belgilangan edi.

Keyinroq imtiyoz muddati yil oxirigacha uzaytirildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab "O‘zbekneftgaz" AYOQSHlarida  AI-80  benzinining chakana narxi 1 litri uchun 6 800 so‘m etib belgilandi. Avvalroq mahsulot 6 050 so‘mdan sotilayotgandi.

Qayd etilishicha, import qilinadigan va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan benzinning aksiz soliq stavkasi 1 tonna uchun 303 ming so‘m, yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzinning soliq stavkasi 1 tonna uchun 565 ming so‘m yoki bir litr uchun 425 so‘mni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston AI-80

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing